Ayrim xodimlarga uy-joy ijarasi uchun har oylik pul kompensatsiyasidan daromad solig‘i undirilmaydi
Qonunchilikka ko‘ra, quyidagilarga to‘lanadigan boshlang‘ich yordam pulidan hamda uy-joy ijarasi uchun har oylik pul kompensatsiyasidan daromad solig‘i undirilmaydi:
➖ olis, borish qiyin hududlardagi byudjet bakalavriat yoki magistraturani tamomlagandan 3 yilda ishga qabul qilingan xodimlarga;
➖ olis va borish qiyin hududlardagi shifokorlik punktlari va poliklinikalarga, ta’lim muassasalariga ishga kirgan, boshqa hududlarda yashaydigan oliy ma’lumotli shifokorlarga va mutaxassislarga.