Azon ovozi sayyoramizda sutkasiga 24 soat davomida tinimsiz aytiladi
Birlashgan Arab Amirligidagi matematik olimlar ajabtovur kashfiyot qildilar. Ular yer yuzida azon ovozi sutkasiga 24 soat davomida 1 daqiqa ham to‘xtamasdan yangrab turishini isbotladi.
Bu haqda BAAlik olim Abdulhamid al-Fozil arab jurnali «Al-Balal Islami»ga xabar berdi.
Olimning tushuntirishicha, sayyoramiz 360 ta vaqtli meridianga bo‘linadi. Bu meridianlardan har biri boshqasidan roppa-rosa 4 daqiqaga farq qiladi. Azon to‘g‘ri talaffuz etilsa, u aynan 4 daqiqa davom etadi.
Shuning uchun 1 meridian (nuqta)da azon aytib bo‘linsa, shu zahoti boshqasida boshlanadi. Shu tartibda azon to‘xtovsiz, yer yuzida 1440 daqiqa yoki sutkasiga 24 soat yangrab turadi.