BAAda dunyodagi eng yosh yozuvchi "Ginnesning rekordlar kitobi"ga kiritildi
Hatto bolalikda ham yozuvchi bo‘lish mumkin. Buni Birlashgan Arab Amirliklarida yashovchi to‘rt yoshli Said Rashid Al-Mhairi isbotladi.
2023 yilda uning “Said ismli fil va ayiq” nomli kitobi nashr etildi. Asarda hayvonlarning qanday qilib do‘stlashgani haqida hikoya qilinadi.
Bundan bir necha yil oldin ikki tilda yozilgan kitobini nashr qilgan bolaning opasi eng yosh yozuvchi maqomini olgan edi. Yaqin kishisining muvaffaqiyati bolakayni ham ilhomlantirdi.
Asar rasman nashr etilganda bolaning yoshi 4 yoshu 218 kun edi.
Yutuq "Ginnesning rekordlar kitobi"da qayd etilgan.
Aytish joizki, kitobxonlar orasida juda mashhur kitobning sotilgan nusxalari soni 1 mingdan oshdi.