Bahrom Ashrafxonov O‘zbekistonning Gruziyadagi elchisi bo‘ldi

O‘zbekistonning Ozarbayjondagi favqulodda va muxtor elchisi Bahrom Ashrafxonov mamlakatning Gruziyadagi elchisi (qarorgohi Baku shahrida) bo‘ldi. U 6 sentyabr kuni Gruziya prezidenti Salome Zurabishviliga ishonch yorliqlarini topshirdi, deya xabar qildi TIV matbuot xizmati.

Suhbat chog‘ida Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga eng yaxshi tilaklari va niyatlarini yetkazishni so‘radi, deyiladi xabarda.

Bahrom Ashrafxonov 2020 yil aprelidan buyon O‘zbekistonning Ozarbayjondagi elchisi hisoblanadi. 2016-2018 yillarda u mamlakatning Rossiyadagi elchisi bo‘lgan.