Bakalavriat va magistraturaning yuqori kurs talabalari sentyabrdan yangi o‘quv yilini masofaviy (onlayn) shaklda boshlaydi

Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati rahbari Farhod Babashev AOKA shtabidagi brifingda ma’lum qildi:

«2020/2021 o‘quv yilini an’anaviy ta’lim shaklida boshlash rejalashtirilgan edi. Respublikada epidemiologik vaziyatning barqarorlashish sharoitidan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat va magistraturasining yuqori kurs talabalari hamda akademik litseylarning 2-bosqich o‘quvchilariga yangi o‘quv yilini joriy yilning sentyabr oyidan masofaviy shaklda boshlashga tayyorgarlik ko‘rilmoqda».