Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bankdan qarzi bo‘lgan fuqaroning “Malibu”si musodara qilindi

MIBning viloyat boshqarmasi aktivlarning hisobini yuritish va boshqarish shu’basi katta inspektori Adham Narzullayevning ma’lum qilishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining 2023 yil 11 sentyabrdagi ijro varaqasiga asosan qarzdor A.U.dan undiruvchi “Kapitalbank” ATB Samarqand filialining foydasiga jami 271 059 134 so‘m kredit qarzdorligi undirish belgilangan.

Undiruv garovga qo‘yilgan “Malibu” rusumli avtotransport vositasiga qaratish belgilangan. Ushbu ijro hujjati byuroning Samarqand shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgandan so‘ng, ijro harakatlariga kirishilgan. Shundan so‘ng qarzdor bir necha marotaba ogohlantirilgan.

Ijro harakatlari davomida qarzdor A.U. davlat ijrochisi tomonidan berilgan ixtiyoriy muddat o‘tganligi sababli, garovga qo‘yilgan avtotransport vositasi xatlangan va “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasiga sotuvga chiqarilgan.

“Malibu” elektron onlayn-auksion savdolarini tashkil etish markazi tomonidan shu yilning 28 martida bo‘lib o‘tgan savdoda xaridor B.Q. tomonidan 227 908 800 so‘mga sotib olingan.