Bankrot so‘zi qayerdan kelib chiqqan?

"Bankrot" so‘zi italyancha "un banso rotto" jumlasidan olingan bo‘lib, "singan skameyka" degan ma’noni anglatadi. Qiziq, pullarning oddiy o‘rindiqqa qanday aloqasi bor ekan?
Gap shundaki, qadim zamonlarda italiyalik sudxo‘rlar cherkovlar yaqinidagi skameykalarda joylashib olib, o‘z "oldi-berdi" ishlarini qilar edi. Pulga juda muhtoj bo‘lgan odamlar esa har doim tezda qayerdan qarz olish mumkinligini bilishgan.
Ammo qarzlarni to‘lash vaqti kelavergach, ba’zi qarz oluvchilar qanday qilib qarzni to‘lamaslik yo‘llari haqida o‘ylashardi.
Ularning ko‘pchiligi birlashib, bir g‘oyani o‘ylab topdi: "Agar cherkov yaqinidagi skameykalar sindirib tashlansa, sudxo‘rlarning o‘tiradigan joyi qolmaydi va bu yerda pul qaytarib oladigan odam qolmaydi". Shunda qiyin moliyaviy ahvolda tushib qolgan umidsiz odamlar cherkov yaqinidagi skameykalarni sindira boshlagan.
Sudxo‘rlar bu odamlarga "un banco rotto" - "bankrot" deb laqab qo‘ygan.
B.Muhammadiyeva tayyorladi.