"Barkamol avlod" bolalar markazi direktori pora bilan ushlandi
- 26.11.2019 14:00
- 1047
- Jinoyat va jazo
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uychi tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda firibgar fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
“Barkamol avlod" bolalar markazi direktori A. markazning "Yosh tabiatshunos" to‘garagi rahbari N.ni pora berishga dalolat qilib, undan “Yilning eng yaxshi to‘garak rahbari” Respublika ko‘rik-tanlovida 1-o‘rinni olib berganligi evaziga 200 AQSh dollari talab qilgan. 100 AQSh dollari va 955 000 so‘m pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan Uychi tumani “Barkamol avlod" bolalar markazi direktori A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.