Behbudiy Samarqandda qachon eslanadi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi tashabbusi bilan shu yil 24 mayda «Mahmudxo‘ja Behbudiy va uning Turkistondagi milliy uyg‘onish davri maorifi, adabiyoti va san’atining shakllanishi va rivojlanishidagi roli» mavzuidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkaziladi.
Turkistondagi milliy uyg‘onish harakatining asoschisi Mahmudxo‘ja Behbudiy (1874-1919 yy) tavalludining 145 yilligi munosabati bilan tashkil etilayotgan anjumanning asosiy maqsadi M.Behbudiyning XX asr boshlarida Turkistonda junbushga kelgan milliy uyg‘onish harakati va shu harakatning tarmoqlari – milliy ta’lim tizimini isloh qilish, milliy jurnalistikani rivojlantirish, yangi o‘zbek adabiyoti va milliy o‘zbek teatrining shakllanishidagi roli va ahamiyatini asoslashdan iborat. Sho‘rolar hokimiyati siyosati tufayli qatag‘onga uchragan Mahmudxo‘ja Behbudiy merosining mustaqillik yillarida o‘rganilishi, targ‘ib qilinishi, uning merosini xalq va fanga qaytarilishi adib asarlarining hozirgi kundagi ahamiyati, barkamol avlodni tarbiyalashdagi o‘rnini belgilash imkonini beradi.
Biz-chi? Biz samarqandliklar ulug‘ yurtdoshimizning xotirasi hurmatini joyiga qo‘yayapmizmi? Yoki ul zotning viloyat o‘qituvchilar malakasini oshirish institutidagi byusti poyiga gul qo‘yib, ko‘ngilga taskin berib yuraveramizmi?