Belarusning Grodno viloyati gubernatori Samarqandga keldi
Erkinjon Turdimov Belarus Respublikasining Grodno viloyati gubernatori Vladimir Karanik boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
Viloyat hokimligida o‘tgan uchrashuvda ikki hudud o‘rtasida fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va turizm sohalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama etildi.
Shuningdek, ikki hudud o‘rtasida o‘zaro birodarlashuv memorandumini imzolash, tibbiyot yo‘nalishida malaka oshirish kurslarini tashkil etish, turli tarmoqlarda ishlab chiqarish va chuqur qayta ishlashni joriy etish masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi.