Berlinda to‘qnashuv: 63 politsiyachi jarohatlandi

O‘tgan chorshanba kuni Germaniya poytaxtining Fridrixsxayn hududidagi hech kim yashamaydigan uyda o‘zini barrikadalashtirgan chap qanot radikallari politsiyaga qarshilik ko‘rsatdi. Ular politsiyaga hujum qilib, butilka, tosh va petardlar otishdi.

17 iyun kuni ertalab Fridrixsxaynda chap qanot radikallari egallab olgan uy politsiya tomonidan bloklanishiga qarshi namoyishlar davom etdi.

"Kecha ertalab yong‘in inspektorlari tomonidan Fridrixsxayn hududidagi ob’yektni tekshirish paytida politsiya xodimlariga hujum sodir bo‘ldi. Operatsiya davomida 63 nafar politsiyachi tan jarohati oldi. Ularning ikkitasi kasalxonaga yuborildi», deyiladi Germaniya poytaxti politsiyasi matbuot xizmati xabarida.