“Besh tashabbus olimpiadasi”: Paxtachilik va narpaylik yoshlar stritbol musobaqasining respublika bosqichida g‘olib bo‘ldi

Samarqand shahrida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida mahalla yoshlari o‘rtasida 16-21 va 22-30 yosh toifasida stritbol bo‘yicha “C” liga musobaqasining respublika bosqichi o‘tkazildi.
Unda respublikaning barcha hududidan musobaqaning viloyat bosqichida g‘olib bo‘lgan yoshlar ishtirok etdi.
Musobaqa natijasiga ko‘ra, 16-21 yosh toifasida o‘g‘il bolalar o‘rtasida Paxtachi tumanining Suluvqo‘rg‘on mahallasi, xotin-qizlar o‘rtasida tumanning Sardoba mahallasi jamoalari g‘olib bo‘ldi.
22-30 yosh toifasida esa erkaklar o‘rtasida Narpay tumanining Amir Temur mahallasi yoshlariga teng keladigani topilmadi.
Musobaqada birinchi o‘rinni egallagan yoshlar mahallasiga universal sport maydonchalari qurib beriladi.