“Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2024 yilgi mavsumida nimalar o‘zgaradi?

Joriy yilning 1 martidan boshlab yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va iste’dodli yoshlarni kashf qilish maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida navbatdagi tanlov va sport musobaqalari start oladi.

Bu yilgi mavsumda madaniyat va san’at yo‘nalishida “Bo‘zatov yoshlar ovozi” va “Yosh musavvir”, sport yo‘nalishida yengil atletika, stol tennisi, workout, mini futbol, futbol, armrestling, voleybol, stritbol, kurash, shashka, shaxmat, gimnastrada va “Besh tashabbus paralimpiadasi” o‘tkaziladi. Shuningdek, kompyuter texnologiyalari va IT yo‘nalishida kibersport, kitobxonlik va intellektual o‘yinlar yo‘nalishida “Yosh kitobxon”, “Yosh kitobxon oila”, “Mushoira”, “Zakovat”, “Ibrat” chet tillari, kasblar tanlovi yo‘nalishida novvoychilik, yosh quruvchi, dizaynerlik, elektromantaj ustasi va payvand ustasi kabi tanlov va sport musobaqalari tashkil etiladi.

Ushbu mavsumda “Yosh kitobxon oila”, novvoychilik, yosh quruvchi, armrestling, yosh musavvir, “Mushoira”, “Ibrat” chet tillar, dizaynerlik, elektromontaj ustasi, payvandlash ustasi yo‘nalishlari qo‘shilgan.
Ayni paytda mazkur tanlov va musobaqalarda ishtirok etish uchun 5tashabbus.uz saytida ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda.