Bilasizmi, xususiy shifoxona tomonidan kimlar bepul davolanishi mumkin?

Qonunchilikka ko‘ra, 2022 yil 1 yanvargacha xususiy tibbiyot muassasalari (stomatologiya va kosmetologiya xizmatlaridan tashqari) tibbiy xizmatlar ko‘rsatishdan bo‘shaydigan mablag‘larni aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga bepul tibbiy xizmatlar ko‘rsatishga yo‘naltirganda barcha turdagi soliqlar to‘lashdan ozod etilgan.

➡️ Bunda, soliq imtiyozi taqdim etilgan xususiy tibbiyot muassasalari tomonidan aholining quyidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga bepul tibbiy xizmatlar ko‘rsatiladi:

➖ o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va yolg‘iz yashovchi keksalar;
➖ I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, nogironligi bo‘lgan bolalar;
➖ muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolar;
➖ ijtimoiy ahamiyatga molik kasalliklarga chalingan shaxslar;
➖ yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar;
➖ 1941–1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek ularga tenglashtirilgan shaxslar;
➖ 1941–1945 yillardagi urush davrida mehnat jabhasining qatnashchilari;
➖ qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ijtimoiy himoyaga muhtoj deb topilgan boshqa shaxslar.