- Iliq suv asal bilan ichilganda miyaga ko‘p foyda beradi.
- Yotishdan oldin sabzi iste’mol qilish sog‘liqqa foyda.
- Suvni uzoq qaynatish yoki qaynatilgan suvni yana qaynatib choy damlash juda zararli.
- Jigar xastaligini behi suvi davolaydi. Behi sharbatini kuniga 1-2 kosa ichish tavsiya etiladi.
- Har qanday kasallikni davolashni oshqozonni qatiq zardobi bilan yuvishdan boshlanadi.
- Ko‘k choy buyrakni yuvadi, undagi yallig‘lanishni davolaydi.
- Uyqudan oldin quyidagilarni iste’mol qilish mumkin: olma, bir qoshiq asal, bir stakan kefir yoki asal qo‘shilgan bir stakan iliqroq sut.
- Tez-tez qatiq zardobini ichib turish qonning ifloslanishi (uremiya) kasalligidan asraydi.
- Chumchuq va bedana sho‘rva odamni har taraflama baquvvat qiladi.
- Inson jigari to‘rt narsani: xom karam, tvorog, qattiq non, asalni yaxshi ko‘radi.
- Yozda tez-tez sovuq suvda yuvinib tursangiz, yuragingiz, jigaringiz ish faoliyati yaxshilanadi.
- Olma inson organizmiga barcha zarur narsalarni yetkazib beradi. Har kuni ikki dona olma yeyish kifoya qiladi.
- Oshqozon og‘riganda nahorda hamda yotish oldidan bir qoshiq dog‘langan zaytun moyi ichish tavsiya etiladi.
- Doim ko‘k choy ichib, sariq sabzi yeb yurgan odam saraton kasaliga chalinmaydi.