“Bilim uchun 100 million” loyihasining yangi mavsumiga start berildi

O‘tgan yili 250 mingdan ortiq bilimdonlarni qamrab olgan “Bilim uchun 100 million” loyihasining 2023 yilgi mavsumi boshlandi.

1-bosqich 12 ta tur asosida 1-dekabrga qadar onlayn shaklda o‘tkaziladi. Ishtirokchilar har hafta yangi tur savollarini ishlab, ball yig‘ib boradilar.

Onlayn bosqichda eng ko‘p ball to‘plagan 100 nafar ishtirokchi 2-bosqichda — finalda ishtirok etadi va g‘olib 100 million so‘m, 99 nafar finalchi esa 1 million so‘mdan pul mukofoti bilan taqdirlanadi.