Bir hafta davomida 150 ming donadan ziyod pirotexnika vositalari sotuvdan to‘xtatilib bir necha nafar shaxslar javobgarlikka tortildi

Shu yilning 19-25 dekabr kunlari bir qator hududlarda pirotexnika vositalari noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar faoliyatiga chek qo‘yildi. 

Jumladan, 21 dekabr kuni Payariq tumanidagi “Dehqon bozori” hududida D.Yu. ismli shaxs 15 055 dona, shu tumanda yashovchi yana bir fuqaro F.U. 7110 dona pirotexnika vositalarini sotayotganda ushlangan. 

23 dekabr kuni esa Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan shaxs O.S.ning shaxsiy avtomashinasidan 6600 dona, Bulung‘ur tumanida tug‘ilgan Z.M. yashash xonadonidan 201 dona pirotexnika vositalari topilgan. 

24 dekabr kuni esa 1990 yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan fuqaro F.K. 2289 dona xavli “o‘yinchoq” olib qo‘yilgan bo‘la, shu kuni Payariq tumanida tug‘ilgan yana bir shaxsdan ulkan miqdorda — 55 ming dona piroteknika vositalari olib qo‘yilgan.

Shuningdek, 25 dekabr kuni payariq va toyloqlik ikki nafar fuqarolar jami 16 ming dona pirotexnika buyumlari sotayotgan vaqtda qo‘lga tushgan.

Yuqoridagi holatlar bo‘yicha huquqbuzarlar MJtKning 1851-moddasi bilan javobgarlikka tortilgan.

Bundan tashqari, shu davrda o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar davomida salkam 13 mln so‘mlik 103 ming 75 dona pirotexnika buyumlari aniqlangan.