“Bir kishidan - bir kitob”
Samarqand davlat universiteti Urgut filialida shu nomli xayriya aksiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Temurbek Poyonov, Urgut tumani hokimi Botir Jabborov, o‘qituvchi hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Aksiya davomida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan mazkur ta’lim maskaniga 300 dan ortiq kitoblar jamlanmasi topshirildi.
T.Poyonov talabalar bilan suhbatlashdi, uning fikr va takliflarini tingladi.
Shu kabi tadbir Samarqand shahridagi Yoshlar markazi hamda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida ham bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Temur Poyonov tomonidan Samarqand viloyat Kengashi raisiga xizmat mashinasi topshirdi.