«Bir makon, bir yo‘l»: Ijodiy tanlov g‘oliblari aniqlandi

“Farg‘ona haqiqati”–“Ferganskaya pravda” gazetalari tahririyati hamda  Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi 2023 yil oktyabr oyida “Bir makon, bir yo‘l”ni qurish, insoniyatning yagona taqdiri hamjamiyatini barpo etish: O‘zbekistondan nazar” publitsistik tahliliy maqolalar tanlovini e’lon qilgan edi.

Shundan buyon tahririyatga 40 ga yaqin maqola kelib tushdi va ularning aksariyati chop etildi. Ularda ikki mamlakatning siyosiy, iqtisodiy, madaniy aloqalari rivoji “Bir makon – bir yo‘l” tashabbusi doirasida tahlil qilingan. Respublikamiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning davlat hamda amaliy tashriflari chog‘ida imzolangan shartnomalar ijrosi Markaziy Osiyoning dunyo hamjamiyatidagi o‘rni mutahkamlanib borayotgani dalillar bilan ochib berilgan.

2023 yilda O‘zbekiston – Xitoy o‘rtasidagi tovar aylanmasi 13,7 mlrd. dollarga yetgan bo‘lsa-da, 2024 yilda bu raqam 20 mlrd. dollardan oshishiga yaratilgan zamin asoslari ilmiy tadqiq qilingan.

Tanlovda ishtirok etgan mualliflar doirasi keng bo‘lib, ular orasida akademiklar, senatorlar, Oliy Majlis deputatlari, oliy o‘quv yurtlari rektorlari, siyosatshunoslar, ilmiy tadqiqot institutlari yetakchi xodimlari, taniqli yozuvchi va jurnalistlar bor.

Tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimida hay’at raisi, O‘zbekiston Milliy Axborot agentligi direktori Abdusaid Ko‘chimov so‘nggi yillarda O‘zbekiston – Xitoy munosabatlari yuksak darajaga chiqqanini ta’kidlab, “Farg‘ona haqiqati” gazetasi tahririyati tashkil etgan tanlov shu yaqinlikni yanada mustaxkamlashga xizmat qilishini ta’kidladi.

Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Yuy Szyun endi nafaqat iqtisodiy munosabatlar, balki ma’naviy, ma’rifiy sohalarda, jumladan jurnalistika borasida yangi loyihalar amalga oshirilishiga to‘xtaldi.

Tadbirda so‘zga chiqqan senator Farmon Toshev, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining “Dunyo” axborot agentligi direktori Omonullo Fayzullayev, akademik Nurislom To‘xliyev, Farg‘ona davlat universiteti rektori, professor Bahodir Shermuhammadov, “Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev O‘zbekistonning ochiqlik tashqi siyosati mamlakat nufuzinigina oshirib qolmay, uning natijalari xalq farovonligiga xizmat qilayotganini, bu kabi tanlovlar esa ijodkor, jurnalistlar hamkorligini yanada mustahkamlaydi, dedi.

“Farg‘ona haqiqati” –“Ferganskaya pravda” gazetalari rahbari Muhammadjon Obidov farg‘onalik va xitoylik jurnalistlar o‘rtasidagi o‘zaro axborot almashuv loyihalari haqida gapirdi.

Tadbirda tanlov g‘oliblariga diplom hamda sovg‘alar topshirildi.

***

 “Bir makon, bir yo‘l”ni qurish, insoniyatning yagona taqdiri hamjamiyatini barpo etish: O‘zbekistondan nazar” publitsistik tahliliy maqolalar tanlovi g‘oliblari ro‘yxati

O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi

Salimov Oqil Umrzoqovich

bosh mukofot

 “Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri

Ahmadjon Meliboyev

1-o‘rin

 “Mening yurtim” telekanali

1-o‘rin

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi bosh ilmiy xodimi, iqtisod fanlari doktori, professor

Odiljon Olimjonov

2-o‘rin

 O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi haqiqiy a’zosi (akademigi), iqtisod fanlari doktori, professor

Nurislom To‘xliyevni

2-o‘rin

 O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

“Yoshlar” telekanali

2-o‘rin

 O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, Oliy Majlis Senati a’zosi

Farmon Toshev

3-o‘rin

 Farg‘ona davlat universiteti rektori, pedagogika fanlari doktori, professor

Bahodir Shermuhammadov

3-o‘rin

 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati

Umid Jabborov

3-o‘rin

 

“Zamon.uz” internet nashri bosh muharriri

Sevara Alijonova

3-o‘rin

 Qirg‘iziston Respublikasi axborot agentligi direktori

Azamat Kasimov

3-o‘rin

 Siyosatchi, “Kun.uz”  internet sayti kuzatuvchisi

Kamoliddin Rabbimov

rag‘batlantiruvchi diplom

 O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti professori

Nazira Toshpo‘latova

rag‘batlantiruvchi diplom

 Jurnalist

Abduaziz Xidirov

rag‘batlantiruvchi diplom

 “Xalq so‘zi” – “Narodnoye slovo” gazetalari muharrir o‘rinbosari

Ruslan Kenjayev

rag‘batlantiruvchi diplom