“Bir o‘limdan qolgan singlim hozir shifoxonada yotibdi...” nomi ostida tarqalgan videolavha bo‘yicha ma’lumot berildi

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentining xabar berishicha, 2020 yilning 14 avgust kuni soat 18:00 da G.K., (ayol) o‘zi kelin bo‘lib tushgan, ammo oilaviy nizo tufayli hozirda yashamay kelayotgan Xo‘jobod tumani “Uch ko‘cha” MFY da joylashgan uyiga farzandining kiyim-kechaklarini olib ketish uchun borgan vaqtida, turmush o‘rtog‘i Q.K. bilan o‘zaro janjallashganligi natijasida Q.K. turmush o‘rtog‘i G.K.ning bosh qismiga yog‘och bilan urib tan jarohati yetkazgan, shu vaqtda hovlidagi shovqinga Q.K.ning ukasi I.K. chiqib, Q.K.ni qo‘llari bilan tanasining turli joylariga urib, hovlida bo‘lgan tayoq bilan uni bosh qismiga urib tan jarohati yetkazgan.

Sud tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, G.K. va Q.Q.lar sog‘liqni buzilishiga olib kelgan “yengil” tan jarohatlarini olganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan Xo‘jaobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi (qasddan badanga yengil shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.