Bir qator tuman, shaharlarda 22 iyul, soat 18:00 gacha gaz ta’minoti vaqtincha cheklangani ma’lum qilindi

“Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali xabariga ko‘ra, cheklovlar Samarqand shahri, Urgut, Toyloq, Bulung‘ur va Samarqand tumanlaridagi ayrim hududlarda amalga oshirilmoqda.

“Samarqand magistral gaz quvurlari boshqarmasining xatida, D-720 mm.li «Jarqoq-Buxoro-Samarqand-Toshkent» magistral gaz quvurining 254.5 kilometr va 268 kilometrdagi nuqsonli uchastkalarida ta’mirlash ishlarini olib borilishi ma’lum qilingani munosabati bilan:

«G‘o‘bdin» va «Bulung‘ur» GTSdan tabiiy gaz bilan ta’minlanuvchi Bulung‘ur tumani «G‘o‘bdin», «Lalmikor», «Olmazor», «Yangiariq», «Yangiobod», «Mehrjon», «Istiqlol», «Bulung‘ur» va Amir Temur nomli mahalla fuqarolar yig‘inlari;

«Toyloq» GTSdan tabiiy gaz bilan ta’minlanuvchi Toyloq tumani «Beklar», «Birlik», «Bog‘izog‘on», «Bog‘ichinor», «Vorsin», «Do‘stlik», «Qo‘rg‘oncha», «Qo‘shchinor», «Madaniyat», «Muborak», «Navbahor», “Nurli yo‘l”, «O‘zbekiston» MFYlar;

Samarqand tumani «Chumchuqli» «Badal», «Pulimug‘ob», «Qumtepa», «Qoziariq», “Juyisoy”, «Konigil», «Qo‘shtamg‘ali» «Rustamqishloq», «Rajabamin» MFYlar;

Urgut tumani «Mang‘itobod» «Birlik», «Oqmachit», «G‘ishtmachit», «O‘ramas», «Qayroqli», «Mirzaqishloq», «Algar» «A’loxotin», “Quyi Algar”, «Navbog‘», «Do‘stlik», «Mergancha», «Bog‘ishamol», «Ipakli», «Xalqobod» MFYlar;

Samarqand shahri «Kaftarxona» MFYlarida yashovchi aholi xonadonlari va barcha ulgurji iste’molchilar tabiiy gaz ta’minoti 2023-yil 22-iyul kuni, soat 18:00 gacha to‘xtatildi.

Barcha tabiiy gaz iste’molchilaridan gaz jihozlaridagi jo‘mraklarni o‘chirib qo‘yishlari va ehtiyot choralarini ko‘rishlari so‘raladi”, “Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali xabarida.