Birinchi xonim bolalarni bayram bilan tabrikladi

O‘zbekiston birinchi xonimi, “Zamin” fondi vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva bolalarni Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan muborakbod etdi:

“Aziz bolajonlar! Sizlarni Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan tabriklayman! O‘zbekistonimizning har bir o‘g‘il-qizi tinch-osuda yurtda, ota-onasi bag‘rida, jismu joni salomat bo‘lib ulg‘ayishini tilayman.

“Zamin” fondi jismoniy holatidan qat’i nazar, barcha bolajonlarga quvonch ulashishga tayyor. Zero, siz ko‘zimiz quvonchi, bizning ertamiz va hayotimiz mazmunisiz!".

Ziroat Mirziyoyeva bugungi kunda dunyo bolalari kattalar qatori asosiy vaqtini uyda o‘tkazishga majburligini ta’kidlagan.