Birja savdolari oshgan va pasaygan viloyatlar ma’lum qilindi: Samarqand qaysi ro‘yxatda?
Prezident raisligida o‘tayotgan tovar-xom ashyo birjasida savdolarni ko‘paytirish, mahalliy korxonalar ishtirokini kengaytirish bo‘yicha yig‘ilishda masala hududlar kesimida ham muhokama qilindi.
Aytilishicha, Jizzax, Navoiy, Samarqand va Xorazmda birja savdolari ancha faollashgan. Lekin Sirdaryo, Andijon va Surxondaryodagi korxonalarning birja savdolaridagi ishtiroki pastligicha qolmoqda.
Shu bilan birga, Zangiota 37 turdagi, Karmana 24 turdagi, Dang‘ara va Jomboy 17 turdagi mahsulotlarni birjaga chiqargan bo‘lsa, Andijon, Nurota, Qiziriq, Boyovut tumanlarida atigi 1 turdagi mahsulot birjaga qo‘yilmoqda.