Birja savdolarida benzin narxi yana tushdi
O‘zbekiston Tovar-xom ashyo birjasida benzin narxi 17 noyabr kuni tushishni boshlagani haqida xabar berilgan edi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining ma’lum qilishicha, ushbu tendensiya 18 noyabr kungi savdolarda ham davom etgan.
Ma’lum qilinishicha, 2021 yilning 18 noyabr kuni birja savdolariga jami 4438,9 tonna "Ai-80" markali benzin qo‘yilgan bo‘lsa, shundan 3339,7 tonnasi yoki 75 foizi sotilgan.
Ko‘rilgan amaliy tadbirlar natijasida 15 noyabrga nisbatan 17 noyabr kuni "Ai-80" markali avtomobil benzinining o‘rtacha sotilish narxlari 1 tonnasi 10 million 129 ming so‘mdan 9 million 365 ming 500 so‘mgacha, 18 noyabr kuni esa 9 million 180 ming 500 so‘mga pasayib, 9 foizga arzonlashgan.
Birja savdolari orqali benzin sotib oluvchi kunlik xaridorlar soni 3,7 barobarga oshdi (32 tadan 119 taga).