Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Birja xodimlari tizimda shaffoflikni ta’minlash uchun kurashmoqda

O‘zbekiston respublikasi tovar-xom ashyo birjasi AJ Samarqand filiali hamda Jurnalistlar uyushmasi viloyat bo‘limi hamkorligida “Birjada shaffoflikni ta’minlash va ochiq elektron savdolarni o‘tkazish amaliyoti” mavzusida OAV xodimlari uchun press-tur tashkil etildi.

Tadbir davomida O‘zbekiston respublikasi tovar-xom ashyo birjasi AJ matbuot kotibi Hikmatullo Tillaboyev tomonidan birja faoliyati tanishtirildi. Birjada tuzilgan bitimlarning bajarilishini kafolatlash tizimi va elektron davlat haridlari, brokerlik faoliyati haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, filialdagi markaziy savdo zalidan tashqari, viloyat bo‘yicha 45 ta savdo maydonchalari, 88 ta brokerlik idoralari va 300 taga yaqin treyderlar faoliyat ko‘rsatayotgani ta’kidlandi.

Jurnalistlarni bergan savoliga javoban joriy yil boshidan buyon filial tomonidan o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida uch yuz trilion so‘mlik bitimlar tuzilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ikki barobar oshagani aytib o‘tdi. Xususan bitimlarning asosiy qismi, ya’ni 68 foizi birja savdolarida, qolgan 32 foizi elektron tijorat savdo tizimiga to‘g‘ri kelganligi aytildi. Yil boshidan buyon davlat haridlari bo‘yicha birjaning elektron savdo tizimi xarid.uzex.uzda tuzilgan bitimlar qariyb 22 tirilion so‘mni tashkil etgan. Bunda byudjet va korporativ byurtmachilari mablag‘ining tejalishi 3,3 marotabaga o‘sib, 3,3 tirilion so‘mga teng bo‘lgani alohida ta’kidlab o‘tildi.

Press-tur ishtirokchilari va tadbirkorlar uchun taqdimot ham o‘tkazildi. Unda viloyatda tadbirkorlarning birja savdolari va onlayn-auksionlarda ishtirok etish tartiblari tushuntirildi. Bundan tashqari, birjaning uzex.uz veb-saytida foydalanuvchilar birja faoliyati va xizmatlar bo‘yicha to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishi mumkinligi ko‘rsatildi.
Husan ELTOYeV.