Bitiruvchini ishga joylashtirishga kim mas’ul?
Mo‘min MUHAMMADIYeV,
Oqdaryo tumani.
Kollej rahbariyatining bu talabi noto‘g‘ri. Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 10 martdagi 52-sonli "Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq, bitiruvchilar bandligini ta’minlash to‘rt tomonlama shartnoma ("korxona – kollej – bitiruvchi – hokimlik") asosida amalga oshirilmoqda. Bunda tuman, shahar va viloyat hokimliklari huzurida kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari bandligini ta’minlash, ularni ishga joylashtirish shtabi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur shtabda kollej va litseylarga qabul rejasini ishlab chiqish, tuman, shahar hududida ishga tushirilayotgan yangi ob’yektlar hamda ularda mehnat qilish uchun qaysi mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar kerakligi hisobga olib boriladi.
Mansurxon HAMZAYeV,
viloyat o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i.