“Bizda hammasi zo‘r!”
Soomeykum! Qaleysila? Yaxshimisila? Ishla ketvottimi? Zo‘r bo‘vottimi? Bizada esa hammasi zo‘r! Chunki bizani o‘zimiza zo‘rmiz-de! Buni ustiga bo‘tta hammasi zo‘r-zo‘r bolla ishliydi. Karoche, professionalla.
Ula hamma ishlani chyotki bajaradi.
O‘ziyla qattansila? Toshkandanmi yo Samarqanddan? Qishlolada nima gapla? Ishlavossilami tuproq kechiib? Hmmm, paxta ekvotsilami yo tervossilami? Fermer okaladan kotta-kotta soqqalani ovossilami? Sharoitla zo‘rmi? Zo‘r bo‘sin-de. Kechqurunla, karoche, ishdan keyin diskoteka bo‘vottimi? Ketmonlani yig‘ishtirib, hammeyla o‘yinga tushvotgandirsila? Adressi etseyla bizayam borardu o‘shatga. Videoga olib zo‘r-zo‘r kanallaga qo‘yardu.
O‘zi bizani tanivossilami? Ha, ha, o‘sha zo‘r, ya’ni universalniy artislamiza. To‘g‘ri kelsa qo‘shig‘am etvoruvuramiz, boshlovchili ham qivuramiza, o‘rtakashliyni esa qalpoq qip qo‘yavuza. Soqqasini berseyla bo‘ldi. Uyog‘i bizadan. Axir bitta yigitga qirq hunar oz deyishadi-ku.
Yana bitta gap. Anu achki taqqan lisiy, taqirbosh oshqovog‘la yillab yozadigan ssenariyla boru, o‘shani uch kunda yozib, bir oyda s’yomka qib kinolayam ishlab qo‘yuvuramiza. Chunki, professionallamiza-de.
O‘zi mundooo qaraseyla, o‘yliydigan narsani o‘zi yo‘-de. Atrof voqealaga to‘la. Masalan, yigit to‘satdan bir ketvorgan qizzi yoqtirib qoladi. Qizam uni... Ammo, yo unisini, yo bunisini uyida oydey turmush o‘rtog‘i, bola-chaqasi bor. Buyoda sirdan ota-onala, qarindoshla xabar topishadi. Ammo juda kech! Yoshla allaqachon ishshi pishirib qo‘yishgan. Qiz – homilador! Ana sizga tomosha, tayyor syujet. Faqat uyo bu yog‘iga sal-pal ishlov berilsa bo‘ldi. Nishtyak film tayyor!
Agar shu filmga yana shunga o‘xshash ikki-uchta oldi-qochdi epizodla qo‘shilsa ayolla oylab yotvolib ko‘radigan serial bo‘ladi-de. Nima, gaplarimizaga ishonmiyapsilami? Nega ishonmiysila, ana tilvuzorda to‘lib-toshib yotibdi-ku, shunaqa kinola. O‘shalani biza, bizani bratanla ishlavotti. Bir-ikkita mashhur bo‘lishshi xohliydigan do‘ndiqchala-yu, pulini qayoqqa qo‘yishshi bilmiydigan, chiroyli ayollaga o‘ch homiy okaxonla topilsa bo‘ldi. Ish bitti deyvuring!
E, karoche, nosiizdan bitta chektiring, keyin qoganini etib beraman. Kaltafahm xotin cho‘ntega yo‘lkirani sopti-yu nosga pul somapti...
“Zo‘r” odamning gaplarini yozib oluvchi: Yor Muhammad.