«Biznes sentr» 4 yulduzli mehmonxonaga aylantiriladi
Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, jamiyat boshqaruv organlari va tegishli davlat idoralarining Samarqand shahri, Ko‘ksaroy maydonida joylashgan qo‘shma korxona shaklidagi “Biznes centr Samarqand” aksiyadorlik jamiyatining 14 qavatli ma’muriy binosini 7 qavatgacha kamaytirish yuzasidan bergan takliflari ma’lumot uchun qabul qilingan.
“2022 yilda Samarqand shahrida o‘tkaziladigan Shanxay Hamkorlik Tashkilotining navbatdagi sammitiga tayyorgarlik ishlarini jadallashtirish to‘g‘risida”gi qaror loyihasida “Biznes Sentr Samarqand” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli 14 qavatli binoning qavatlar sonini 7 qavatgacha qisqartirgan holda 4 yulduzli mehmonxona faoliyati yo‘lga quyilishi ko‘zda tutilmoqda.
Shuningdek, qarorda jamiyatdagi 30,1 foiz davlat aksiya paketini “Seid Sulo Energy and Industrial Development” (Avstriya) kompaniyasiga “nol” xarid qiymatida sotilishi ta’minlovchi bandlar belgilanadi.