Bog‘-tok qator oralarida qanday mahsulotlar yetishtirilyapti?

Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, bozorlarimiz to‘kinligigiga erishish va aholiga arzon narxda qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetkazib berish borasida viloyatimizda aniq tizimli rejalar amalga oshirilmoqda.

Samarqand viloyat qishloq xo‘jalik boshqarmasi axborot xizmati xabirga ko‘ra, bu borada  viloyatda asosiy maydonlarga jami 23 ming 115 gektar sabzavot, 1565 gektar poliz va 21 ming gektar kartoshka hamda bog‘-tok qator oralariga 45 ming 505 gektar sabzavot ekinlarini ekish rejalashtirilgan.

Ushbu topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida fermer va qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan asosiy maydonlarga 23 ming 118 gektar sabzavot, 1 ming 565 gektar poliz va 21 ming gektar kartoshka, bog‘-tok qator oralariga 45 ming 505 gektar sabzavot ekinlari ekildi.

Masalan, bahorda qariyb 19 ming gektar asosiy maydonda poliz-sabzavot, kartoshka yetishtirilgan bo‘lsa, hozirda 23 ming 118 gektar maydonda sabzavot, 1565 gektar poliz, 21 ming gektardan ortiq maydonda kartoshka parvarishlanmoqda. Uch ming gektardan ortiq maydonda to‘qsonbosti usulida ekinlar rejalashtirilgan bo‘lsa, avgust-sentyabr oylarida 823 gektar maydonda piyoz va sarimsoqpiyoz ekish boshlanadi, yana 294 gektar issiqxonada ko‘katlar, shirin va achchiq qalampir yetishtirilyapti.

Hozirda viloyatimizda 45,5 ming gektardan ortiq bog‘-tok maydonlari mavjud. Ushbu bog‘larning qator orasidan ham unumli foydalanish uchun qariyb 31 ming gektarda to‘qsonbosti usulida ekinlar ekish va shundan 14,8 ming gektardan ortiq maydonga avgust-sentyabrga rejalashtirilgan ekinlar ekiladi.

Shuningdek, viloyatdagi 16,6 ming gektar aholi tomorqasida ham piyoz, sarimsoqpiyoz, sabzi, osh lavlagi, ko‘katlar ekish rejalashtirilgan.