Bog‘cha qozonida gul “qaynatiladimi?”

Yaqinda Qo‘shrabot tumanidagi 4-son maktabgacha ta’lim muassasasi yangi binoga ko‘chib o‘tgandi. Ammo hozirgi kunda bu muassasa e’tiborsizlikdan eski binolar holiga tushib qolgan.

Bino yonginasidagi elektr simlari avariya holatida.  

Muassasa hovlisidagi o‘yin maydonining yaqinida bolalar tushib ketmasligi uchun atrofi panjara bilan o‘ralib, yarmiga narvon va yarmi tunuka bilan yopilib, tosh bostirilgan suv qudug‘i joylashgan.

Yana bir quduqqa o‘xshash yerto‘la bor, ammo u ham bolalar uchun xavfli. Yerto‘la ichi va atrofida chiqindiga to‘lgan. Ikki quduq o‘rtasida eski o‘choqni aslida muassasaning chiqindixonasi, desak to‘g‘ri bo‘ladi.

Bino ichkarisini ham ko‘ngildagidek, deb bo‘lmaydi. Eshiklar tutqichlari ta’mirtalab. Anchadan buyon ishlatilmagan shekilli oshxonadagi gaz plita ustida guldonda gul o‘stirilyapti, go‘yoki qozonda gul qaynayotganday. Muassasa hamshirasi, tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi, tuman davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati bo‘limi bunday antisanitariya holatni bilmaydimi yoki ular yosh avlod tarbiyasiga befarqmi?

Islom BOBOQULOV,

“Istiqbol sari” gazetasi.