Bog‘ibalandning 9 bog‘ida anjir sayli o‘tkazilmoqda

Samarqand shahridagi Bog‘ibaland mahallasida yana anjir sayli o‘tkazilmoqda. Tarixdan ma’lumki, Sohibqiron Amir Temurning Samarqandda 10dan ortiq bog‘i bo‘lgan. Mazkur sayilni tashkil etishdan maqsad,  Amir Temur bog‘laridan biri hisoblangan 40 gektarlik bog‘ haqida aholimizni, shuningdek, xorijliklarni xabardor qilish, anjirzorni turistik maskanga aylantirishdan iboratdir.

Bu galgi anjir sayli o‘ziga xos tarzda tashkil etildi. Anjirzorning 9 hududida barpo etilgan chaylalarda tadbir ishtirokchilarining “jannat mevasi”dan tanovvul qilishlari uchun sharoitlar yaratildi.

Sayilda anjir va undan tayyorlangan mahsulotlar ko‘rgazmasi, taniqli san’atkorlar tomonidan ko‘ngilochar dasturlar namoyish etilmoqda.

Anjir saylida viloyat hokimi E.Turdimov ishtirok etdi.

To‘lqin Siddiqov,

Baxtiyor Mustanov (foto).