Rossiyaning Kiyevga zarbasi: ko‘p qavatli uylar vayron, kamida 15 kishi halok bo‘ldi

28 avgustga o‘tar kechasi Rossiya Kiyevga zarba beruvchi dronlar va raketalar bilan hujum qildi.

Oqibatda ko‘p qavatli turar-joy binolariga zarar yetgan. Hozircha 15 nafar (3 nafar bola) halok bo‘lganlar aniqlangan, o‘nlab odamlar jarohat olgan.
Rossiya Mudofaa vazirligi e’lon qilgan bayonotda aytilishicha, «guruhli zarba Ukraina harbiy-sanoat kompleksi korxonalari va harbiy havo bazalariga yo‘naltirilgan».
«Hujum maqsadlari bajarildi, belgilangan ob’yektlarning barchasiga zarba berildi», — deyiladi vazirlik tarqatgan xabarda. (https://t.me/meduzalive/131398)