Bojxona sohasida yangiliklar

Bu chora joriy yilning 12 aprel kuni Prezidentimizning "O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmonida belgilangan.
Shuningdek, boj olinmaydigan savdo do‘koni, erkin ombor va bojxona ombori faoliyatini litsenziyalash markazlashtirilgan tartibda Davlat bojxona qo‘mitasi markaziy apparati tomonidan amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, Davlat bojxona qo‘mitasi tarkibida "Bojxona ma’muriyatchiligining ilg‘or va innovatsion usullarini joriy etish", "Xavflarni monitoring qilish va baholash", "Tashqi savdo operatsiyalari va bojxona statistikasi monitoringi" boshqarmalari tashkil etilmoqda. 

A.RUSTAMOV,
Oliy harbiy bojxona instituti o‘qituvchisi,
Sh.MA’SUDOV,
institut tinglovchisi.