Farzand qaysi xislatlarni ota-onadan oladi?

Yoki meros bo‘lib o‘tadigan ba’zi xususiyatlar xususida

46 ta xromosomani o‘z ichiga oladigan inson hujayrasi agar birin-ketin qo‘yib chiqilsa, bu zanjir uzunligi 2 metrga yetadi. Tasavvur qilasizmi, genomimiz “bo‘yi” ko‘pchiligimizdan baland va u nafaqat ko‘z va soch rangi haqida ma’lumotni o‘z ichiga oladi, balki ko‘plab odatlar ham irsiy bo‘lib, hatto bizga berilgan turli xil savollargaqiladigan javobimiz ham genetikaga bog‘liq ekan.

ADMEbir kuninibiz, ota-onalarimiz va farzandlarimizodatlarinisolishtirish bilan o‘tkazdi va ajoyib o‘xshashliklarni topdi.

Odatlar

2019 yilgi tadqiqot natijalari hayratlantirdi:aniqlanishicha, bizning mushuk yoki itlarga bo‘lgan mehribonligimiz genetik jihatdan dasturlashtirilgan ekan. Bu uy hayvonlarini sevuvchilar to‘rt oyoqli do‘stlariga bo‘lgan mehrini ota-onalaridan meros qilib olganligi haqida gapiradi.

Nokia tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, musiqiy afzalliklarning 55 foizi genlar tomonidan belgilanadi. Lekin musiqa tinglash istagi atigi 25 foiz irsiyatga bog‘liq va asosan bizning kayfiyatimiz bilan o‘lchanadi.

Uyqusizlik bolalarga onasidan, kunduzgi uyquchanlik esa 69 foizgacha bo‘lgan ehtimollik bilan ikkala ota-onadan ham meros bo‘la oladi.Bizning erta turishimiz yoki tungi faolligimizni ham genlar tomonidan belgilanadi.

Yeguliklar afzalligi

2019 yilda ma’lum ichimliklarga irsiy moyillikni aniqlashga kirishgan olimlar kofeinga qaramlik tug‘ma, degan xulosaga kelishdi. Boshqa tadqiqotchilar tananing kofeinga bo‘lgan ta’siri ham genetikaga bog‘liqligini aniqladi. Shu tarzda ba’zi odamlar bir chashka qahvadan keyin otaga o‘xshab o‘zini tetik his qiladigan bo‘lsa, boshqalari tashvishga tushishadi, yana biri esa onasidek kechasi uxlay olmaydi.

Kinza (kashnich)ni yoqtirmaslik yoki sevib iste’mol qilish ham genetika bilan belgilanadi. Taxminan 13 foiz odamlar bu ko‘katning ta’mi sovunga o‘xshaydi, deb aytadi. Bundayodamlarda hid hissi uchun mas’ul bo‘lgan genlar shu qadar kuchli rivojlanganki, ularkinzada ham, sovunda ham mavjud bo‘lgan aldegid hidini payqay oladi.

Fe’l-atvor va tana xususiyatlari

Mayda muvaffaqiyatsizliklar tufayli bir odam tushkunlikka tushib qolsa, bunday noxushliklarboshqasi uchun rag‘bat bo‘lib, unga kuch-quvvat beradi. Bu kimdir yaxshiroq yoki kuchliroq degani emas, chunki avstriyalik olimlar ta’kidlaganidek, stressga chidamliligimiz o‘zimizga emas, genetikaga bog‘liq va shunchaki bizga hech qanday tanlov qoldirmaydi.

Dangasalik va kundalik ishlarni muntazam kechiktirish irodasizlikdan emas. Olimlar bizning harakatsizligimiz uchun javobgar bo‘lishi mumkin bo‘lgan “dangasa” genni topdilar. Ishlarni orqaga surib qo‘yish ham genlarga bog‘liq: 46 foiz hollarda bu holat ona yoki otaning “sovg‘asi” hisoblanadi.

2011 yilgi tadqiqot optimizm (nekbinlik) ham irsiy xususiyat ekanligini ko‘rsatdi. Biroq, olimlar genetika insonning psixologik tuzilishini to‘liq belgilab bermasligini tan oladi.

Ishonuvchanlik va hamdardlilik ham irsiy xususiyatdir. Ishonchsizlik esa genlar bilan belgilanmaydi va birinchi navbatda ijtimoiy omillarga bog‘liq.

Intellektual qobiliyatlar

Aql-idrokning o‘zi ham farzandlarga meros bo‘lib o‘tadi. Ammo ilgari ishonilganidek, har doim ham otadan emas. Ota qiziga faqat aqliy qobiliyatlarini berishi mumkin. Qiz farzand esa ham otasining, ham onasining ham X-xromosomalarini meros qilib oladi. O‘g‘il farzand daholigi yoki iste’dod egasi bo‘lishini (hatto to‘mtoqligini ham) faqat onadan meros qilib oladi,  deyishadi tadqiqotchilar.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.