Bola bir umrga falaj bo‘lib qolmasligi uchun…

Shol kasalligi og‘iz orqali va ayrim holatlarda havo orqali yuqishi mumkin. Virus organizmga kirgandan so‘ng asosan nerv tizimini zararlashi oqibatida falajlik yuzaga keladi.

Shol kasalligiga chalingan bemor bir umrlik nogironga aylanadi.

Hozirgi kunda shol kasalligining oldini olishda eng samarali usul kasalikka qarshi emlash hisoblanadi. Shol kasalligiga qarshi bola 2 oylik, 3 oylik, 4 oylik, 16 oylik, 7 yoshlarga yetganda emlash ishlari amalga oshiriladi.

Belgilangan muddatlarda sholga qarshi emlash amalga oshirilmaganda va to‘liq emlanmagan holatlarda shol kasalligi qayd etilishi mumkin.

A.BOZOROV,

Oqdaryo tumani DSENM bo‘limi mudiri.