Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bolalar samolyotning qo‘nish jarayonini kuzatdi

Samarqand shahridagi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarining xalqaro aeroportga sayohati tashkil qilindi.

Bolalar aeroportning vaqtinchalik terminalidagi sharoitlar, amalga oshiriladigan jarayonlarni tomosha qilishdi. Ular ro‘yxat va nazorat punktlaridan o‘tib, kutish zalidagi o‘rindiqlarda o‘tirib, o‘zlarini yo‘lovchilardek his qildi.

Shundan so‘ng samolyotlar uchish-qo‘nish maydonida Sankt-Peterburg shahridan uchib kelgan havo kemasining qo‘nish jarayonini kuzatdi.

- Aeroportda birinchi marta bo‘lishim, - deydi Shohruh Abdurashidov, - bolaligimdan uchuvchi bo‘lishga qiziqaman. Bugun uchuvchilar va aeroport xodimlari faoliyati bilan tanishib, bu kasbga qiziqishim yanada ortdi.

To‘lqin Siddiqov,

Baxtiyor Mustanov (foto).