Bo‘lgan voqea: Insoniylik qiymatini o‘lchaydigan apparat qanaqa bo‘ladi?
Bir ayol qimmatbaho kiyimlar sotiladigan do‘konga kirishda eshik oldida turgan faqir bir erkakka ko‘zi tushdi. U bolalar kiyimlariga termulib turar edi.
Ayol erkakni do‘kon ichiga chaqirib, kiyimlar orasidan o‘ziga yoqqanini tanlab olishi mumkinligini aytdi. Erkak uyalib bolalar kiyimiga qaradi. Ayol esa uni tushunib, sotuvchidan o‘sha kiyimdan ikki juftini xaltaga solib berishini so‘radi.
Erkak kiyimlarni qo‘liga olib, ayolga ko‘p rahmatlar aytgancha, do‘kondan chiqib ketdi.
Ayol esa kiyimlar pulini to‘lash uchun sotuvchilan to‘lov chekini so‘radi. Chekni qo‘liga olgan ayol kutilmaganda boshqa yozuvga ko‘zi tushdi. Do‘kon egasi unga shunday yozib qo‘ygan edi:
«Bizda insoniylik qiymatini o‘lchay oladigan apparat yo‘q!»