Bo‘lg‘usi veterinarlar yo‘l harakati qoidalaridan saboq oldi

Bugungi kunda Samarqand shahri yo‘llarida transport vositalari ancha ko‘paydi. Bu esa shaharda harakatlanishda piyodalarning ham hushyorligini oshirishni talab qilmoqda. Jumladan, ularning yo‘l harakati qoidalari va yo‘l belgilarini bilishi, ularga qat’iy amal qilishi turli salbiy hodisalarning oldini olishga xizmat qiladi.
Shu maqsadda otryadimiz xodimlari bilan birgalikda mahallalar, korxona va tashkilotlar, ayniqsa, ta’lim muassasalarida uchrashuvlar, davra suhbatlari o‘tkazyapmiz. Ana shunday tadbirlardan biri Samarqand veterinariya meditsinasi instituti talabalari bilan o‘tkazildi. Unda talabalarga yo‘l harakati qoidalari, harakat xavfsizligini ta’minlashda piyodalarning o‘rni, bunda piyodalar faqat ular mo‘ljallangan yo‘laklardan yurish, avtomobil yo‘llarini kesib o‘tishda esa svetofor chiroqlariga amal qilish lozimligi kabi mavzularda tushunchalar berildi.
Sherzod XOLIQOV,
Samarqand viloyati IIB yo‘l-patrul xizmati boshqarmasi 2-YPX otryadi komandiri, katta leytenant.