Bortida 170 yo‘lovchi bo‘lgan Ukraina samolyoti Eronda halokatga uchradi
Bortida 170 nafar yo‘lovchi bo‘lgan Ukrainaning “Boeing 737” samolyoti Tehron xalqaro aeroportida halokatga uchradi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, samolyot havoga ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay qulagan va barcha yo‘lovchilar halok bo‘lgan.
Eron Favqulodda vaziyatlar xizmati boshlig‘ining aytishicha, hodisa joyiga 22 ta tez yordam mashinasi va vertolyot yuborilgan.
"Olov juda kuchli bo‘lgani uchun bironta yo‘lovchini saqlab qolishning imkoni bo‘lmadi", dedi FVX rahbari.
“Boeing 737” halokatiga texnik nosozliklar sabab bo‘lgani aytilmoqda. Samolyot Tehrondagi Imom Xumayniy aeroportidan ko‘tarilgandan so‘ng qulab tushgan.