Bozorlarda mandarin narxining oshib ketishi yuzasidan tekshiruv o‘tkazildi

Bugun bozorlardagi narx-navo qimmatligi, xususan, mandarin narxlarining oshib ketishi ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi narx-navoning oshib ketishi borasida monitoring ishlarini olib bordi. Xususan, birgina mandarin narxlari yuzasidan joylarda kuzatuv ishlari olib borilganda, quyidagilar ma’lum bo‘ldi.

Toshkent shahri katta mandarin 20-29 ming, kichigi 45-60 ming
Toshkent viloyati 20 ming, 45 ming;
Sirdaryo viloyati 18-20 ming, 40-43 ming;
Jizzax viloyati 10-15 ming, 40-45 ming;
Samarqand viloyati 15-20 ming, 45-50 ming;
Farg‘ona viloyati 15-20 ming, 45-50 ming;
Namangan viloyati 15-18 ming, 48-50 ming;
Andijon viloyati 25 ming, 45 ming;
Qashqadaryo viloyati 9-10 ming, 45-50 ming;
Surxondaryo viloyati 15 ming, 45-50 ming;
Buxoro viloyati 13-15 ming, 50-55 ming;
Navoiy viloyati 15-20 ming, 45-55 ming;
Xorazm viloyati 15 ming, 40 ming;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi 15-20 ming, 45-55 ming.