Braziliyada koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 2,4 milliondan oshdi

Bu haqda 27 iyul kuni Braziliya Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

Infeksiya tarqalishni boshlagandan buyon mamlakatda jami 2 419 901 nafar kasallanish holati qayd etildi. COVID-19 infeksiyasi tasdiqlangan 87 004 nafar bemor vafot etdi, 1,63 million kishi tuzaldi.

Mamlakatda so‘nggi kecha-kunduzda 23 467 nafar koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holati aniqlangan va 555 nafar o‘lim holati qayd etilgan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11 mart kuni yangi turdagi COVID-19 koronavirus infeksiyasi xurujini pandemiya, deb e’lon qildi. Taqdim etilgan so‘nggi ma’lumotga ko‘ra, bugungi kunga kelib koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni dunyo bo‘ylab 16 418 867 nafarni tashkil etmoqda. Ulardan 10 047 304 nafar bemor tuzalgan va 652 256 nafar bemor vafot etgan.