Brilliant sanoati jar yoqasidami?

Qazib olinadigan brilliant savdogarlari uzoq yillar brilliantni laboratoriyada yetishtiruvchi kompaniyalarni bozordan muvaffaqiyatli siqib chiqarishga muvaffaq bo‘lib keldilar. Ular iste’molchilarni sun’iy brilliant Afrika va Sibirda qazib olinayotgan brilliantlardan ancha sifatsiz ekanligi va faqat texnik ehtiyojlargagina yarashiga ishontirishga erishdilar. (“Mir novostey”, 2021 y, 21-son).

Biroq qimmatbaho tosh yetishtirish texnologiyasi takomillashmoqda. Ekspertlar olmoslarni laboratoriyada yetishtirish sanoat uchun chinakam tahdidga aylanayotganini tan olishdi. Ularni bir-ikki haftada yetishtirish mumkin. Faqat narxi tabiiydan biroz arzon bo‘ladi, ammo millionlab yil davomida yer qa’rida paydo bo‘lgan aslidan mutlaqo farq qilmaydi.

Bugungi kunda olmoslar asosan AQSh, Hindiston va Xitoyda yetishtirilmoqda. Yangi texnologiyalardan foydalanilib yanada yuqori klassdagi toshlar yaratilmoqda. Maydagina  olmos bo‘lagi vakuum kameraga joylashtiriladi. Uglerod bilan to‘yintirilgan gazga to‘ldiriladi. 1000 daraja haroratda gaz plazmaga aylanadi va olmos bo‘lagi bilan birikib, tosh shakllanadi. Shu tarzda istalgan hajm va rangda olmos yaratish mumkin.

Atrof-muhit himoyachilari ushbu texnologiyani qo‘llab-quvvatlamoqdalar. Negaki, u yer qa’rini kovlash, tabiatni vayron bo‘lishi, suv, havo, tuproqni ifloslanishdan saqlaydi. An’anaviy brilliant savdogarlarini ularning asosiy mijozlari-ayollarni laboratoriya olmoslarini tobora ko‘proq namoyish qilayotgani tashvishga solmoqda.

Tabiiysidan arzon turuvchi, buning ustiga sifati jihatidan ustun bu brillantlar bozorni egallamoqda.

T.Shomurodov tayyorladi.