Britaniya dunyodagi eng gavjum “Dubay-London” reysini yopdi
- 30.01.2021 13:45
- 71
- Xorij

29 yanvardan boshlab Buyuk Britaniya hukumati Birlashgan Arab Amirliklariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘lovchi parvozlarini taqiqlashni joriy qildi va shu bilan dunyodagi eng gavjum, xalqaro “Dubay-London” havo yo‘lini yopdi.
Bu Birlashgan Arab Amirliklari, Burundi va Ruanda davlatlari Janubiy Afrikada ilk bor aniqlangan o‘ta yuqumli va vaksinaga potensial chidamli COVID-19 shtammining tarqalishidan xavfsirashi natijasida yuzaga keldi.
Yemirates va Etihad Airways aviakompaniyalari juma kuni to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarni to‘xtatish to‘g‘risidagi qaror kuchga kirgandan so‘ng, Buyuk Britaniyaga barcha yo‘lovchi reyslarini grinvich bo‘yicha 13:00 (Toshkent vaqti bilan 18:00) dan to‘xtatishini e’lon qildi.
Dubay aeroportida Buyuk Britaniyaga reyslarni oldindan belgilab qo‘ygan yo‘lovchilarga taqiq kuchga kirgach, aeroportga kelmasdan o‘z aviakompaniyalari bilan bog‘lanishni tavsiya qildi.
G.Xoldorova tayyorladi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Misr tamadduni qachon boshlangan?
- Kecha, 17:53
- O'qing, qiziq!