Britaniyalik Lordning samarqandlik rafiqasi uchta viloyatda ingliz tili o‘quv kurslarini tashkil etmoqchi
Yirik siyosat arbobi, Lordlar palatasi vakili lord Muhammad Iltaf Shayxning samarqandlik rafiqasi Guli Murodova bugun “O‘zbekiston 24” radiokanalida jonli efirda intervyu bermoqda.
Tadbirkor Guli Murodova Toshkentda ingliz tilini o‘rgatuvchi London Collage of English kurslarini tashkil etmoqda. Mazkur o‘quv kurslar uchun Londondan o‘qituvchilar taklif etiladi. Guli Murodova ingliz tili o‘quv kurslarini, avval Toshkentda keyinchalik Samarqand va Farg‘onada ochish niyatida ekanini aytmoqda.
Jurnalist Nozima Toshpo‘latovaning O‘zA bilan hamkorlikda tayyorlagan ushbu dasturida tadbirkor ayol Guli Murodova o‘zining rejalari va maslahatlari bilan bo‘lishmoqda.