Brutsellyoz nasl surmaydi, ammo asorati juda xavfli
Brutsellyoz insondan insonga, odamdan hayvonga yuqmaydi, nasldan naslga ham o‘tmaydi.
Bugungi kunda Samarqand shahridagi 9 ta veterinariya shoxobchasida 16 nafar veterinar-vrach aholining 4200 bosh yirik va 5200 boshdan ziyod mayda shoxli chorva mollarini nazorat qilib boradi. Ular yil boshidan buyon 4582 bosh mayda shoxli hayvonlarni kasallikka qarshi emladi. Shuningdek, kushxonalarda so‘yilayotgan 5012 ta chorva mollaridan qon namunalari olinib, tekshiruvdan o‘tkazildi.
Mutaxassislarimiz Samarqand shahrining chorva mollari ko‘p parvarishlanadigan Xazora, Do‘stlik, Yuqori va Quyi Xo‘jasahat mahallalarida, shuningdek, Xishrav hamda Kimyogarlar shaharchalarida aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Kasallikka chalingan hayvonlardan qolgan yem-xashak, ular foydalangan oxur, tog‘ora, hayvonning chiqindilari bilan ifloslangan joy ham zararlangan bo‘lishi mumkin.
Azamat ULUFMURODOV,
veterinariya ilmiy- tadqiqot instituti kichik ilmiy xodimi,
Ravshan YaQUBOV,
Samarqand shahar veterinariya bo‘limi vrachi.