Bu hafta havo harorati +30 darajagacha ko‘tariladi
"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, 7 mart kuni O‘zbekistonga Turkmaniston hududidan quruq va juda iliq havo kirib kelishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, kunduzgi havo harorati +25...+28 daraja iliq, janubda va cho‘l hududlarda +30 daraja iliq bo‘ladi.
8 va 10 mart kuni respublikaning ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘adi. 9 mart kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi.
8 mart kuni kunduzi +15...+18 daraja iliq bo‘ladi, 9-10 mart kunlari harorat ko‘tarila boshlaydi va 10 martga kelib, havo harorati +21...+26 daraja iliqni tashkil etadi.
6-9 mart kunlari respublikaning ba’zi joylarida shamol tezligi soatiga 15-20 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatiladi. 7 mart Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarida shamol tezligi soatiga 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.
6-10 mart kunlari tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.