Bu holat urfga aylanmasaydi: Kuyov ajrimdan so‘ng kelinning sepini berishdan bosh tortgach, ishga sud aralashishiga to‘g‘ri keldi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Past Darg‘om tuman sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor M.X.dan undiruvchi B.B. foydasiga jami 20 turdagi mol-mulklarni natura shaklida olib berish to‘g‘risidagi hujjati MIB Past Darg‘om tuman bo‘lim ijro ish yurituviga kelib tushgan. Ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, nusxalari tomonlarga yuborilgan.

Ajrimda ko‘rsatilgan qarzdor M.X.dan undiruvchi B.B. foydasiga jami 20 turdagi mol-mulklar natura shaklida ruyxatga olinib, tegishli tartibda xolislar ishtirokida davlat ijrochisi tomonidan kelin seplari to‘liq muqaddam 5 kun yashagan kuyov xonadonidan tegishli dalolatnoma asosida olib berilgan.

Afsuski, bunday ijro hujjatlari oxirgi vaqlarda ko‘payib bormoqda, deyiladi Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi xabarida.