Bu yil 8300 nafardan ziyod samarqandliklar kasaba uyushmalari orqali sayohat qilgan

Kasaba uyushmalari tizimida turizmni rivojlantirishga qaratilgan “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qiling” dasturi doirasida jamoa shartnomalari orqali sayohatlar uyushtirish yo‘lga qo‘yilgan. Yilning o‘tgan davrida 8364 nafar fuqarolar viloyatimiz va yurtimizdagi shaharlar bo‘ylab diqqatga sazovor qadamjolar, tarixiy shaharlarga sayohatga chiqqan. Bunda nafaqat korxona-tashkilotlar xodimlari, balki ularning oila a’zolari ham ishtirok etgan.

Bu haqda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi viloyat kengashi raisi Suhrob Rafiqov jurnalistlarga ma’lum qildi.

Shuningdek, Rafiqov joriy yilda 6 mingdan ortiq mehnatkashlarni sog‘lomlashtirish rejalashtirilgan bo‘lib, hozirgacha 2,5 ming nafar xodim turli sanatoriylarda dam olib, o‘z sog‘ligini tiklab qaytganini ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, 116 nafar mehnat va urush faxriylari, baynalminalchi jangchi, Chernobilchi hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning ishlovchi vakillariga, 49 nafar o‘qituvchi va murabbiylar bepul sanatoriyalarga yuborilgan.

Bundan tashqari, viloyatda 2023 yil yoz mavsumida 16 ta oromgohlarda 9415 nafar bolalar dam oldirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, hozirgacha 9421 nafar bolalar oromgohlarga borib kelgan.