Bu yil Samarqanddagi maktablarda qancha o‘quvchi tahsil oladi?
2023-2024 o‘quv yilida viloyat bo‘yicha 780 340 nafar o‘quvchi ta’lim-tarbiya oladi. Ulardan 1-sinfga qabul qilingan bolalar 82 435 nafarni tashkil etadi.
Bugun viloyat bo‘yicha 1267 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablari faoliyat ko‘rsatmoqda. Shundan 8 tasi maxsus maktab internatlari. Bulardan tashqari bitta Prezident maktabi hamda 15 ta Prezident ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari mavjud.
Viloyat maktablari 1,3 koeffitsentli bo‘lib, deyarli barcha maktablarda bolalar 2 smenada tahsil oladi.
Shuningdek, viloyat maktablarida 60 004 nafar o‘qituvchi mehnat qiladi. O‘qituvchilarning 9,5 foizi oliy toifali, 19,9 foizi birinchi toifali va 25,7 foizi ikkinchi toifali hisoblanadi.
O‘tgan o‘quv yilida 45038 nafar o‘quvchi 11-sinfni bitirgan bo‘lsa, yangi o‘quv yilida 82 435 nafar bola 1-sinfga qabul qilindi.
Bu yil ikkita maktab yangidan qurilishi va 32 ta maktabga qo‘shimcha o‘quv binosi qurish rejalashtirilgan bo‘lib, ayni paytda qurilish ishlari davom etmoqda. Ushbu yangi binolar hisobiga yana 10 200 o‘quvchi o‘rin yaratilishi ko‘zda tutilgan.