Bugun, 3 mart – Butunjahon yovvoyi tabiat kuni

Bu kun yovvoyi fauna va floraning xilma-xilligi hamda go‘zalligiga e’tibor qaratadi, shuningdek, insonlarning ekologiyani muhofaza qilishi qanchalik foyda keltirishi haqida xabardorlikni oshirishga yordam beradi.

Qolaversa, iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy jihatdan salbiy oqibatlarga olib keladigan yovvoyi tabiatga nisbatan huquqbuzarliklarga qarshi kurashni kuchaytirish zarurligini eslatib turadi. Biologik xilma-xillikning yo‘qotilishini to‘xtatish Barqaror rivojlanishning 15 ta maqsadidan biridir.

2024 yilgi Butunjahon yovvoyi tabiat kuni mavzusi raqamli innovatsiyalarga qaratilgan bo‘lib, tabiatni muhofaza qilishning raqamli texnologiyalari va xizmatlari yovvoyi tabiatni asrash uchun muhimligini, yovvoyi hayvonlarning barqaror va qonuniy savdosi inson hamda yovvoyi tabiatning birgalikda yashashi uchun foydali ekanligini ta’kidlaydi.